Qozog‘istonda TDPU bilan hamkorlikda “IV Orazov pedagogika o‘qishi: Buyuk ipak yo‘l merosi: Madaniyatlar almashinuvi. O‘tmishdan kelajakka” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi

2018 yil 16 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Chimkent  shahrida  IV Orazov pedagogika o‘qishi: Buyuk ipak yo‘l merosi: Madaniyatlar almashinuvi. O‘tmishdan kelajakka” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

2018 yil 16 noyabr kuni Qozog‘iston Respublikasi Chimkent  shahrida  IV Orazov pedagogika o‘qishi: Buyuk ipak yo‘l merosi: Madaniyatlar almashinuvi. O‘tmishdan kelajakka” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya Qozog‘istonning SILKWAY xalqaro universiteti tomonidan tashkil etildi.

Konferensiyada Qozog‘istonning SILKWAY xalqaro universiteti, X.A.Yasaviy nomidagi Turkologiya ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekistonning Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Chimkent tadbirkorlar palatasi (Qozog‘iston), Shanxay politexnika universiteti (XXR),  YeVRAZES parlamentlararo Assambleyasi universiteti (Rossiya), Malayziya milliy mudofa universiteti (Malayziya) ishtirok etdi. Hamkorlikda o‘tkazilgan konferensiyada Toshkent davlat pedagogika universitetining Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari professor M.Djumaev va dotsent D.Aytboev o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.