O’zbekiston davlat kanservatoriyasining professor o’qituvchilari - sozanda, xonandalari konsert dasturi bilan universitetimizda mehmon bo'ldi

2018 yil 22 noyabr kuni Boshlang’ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti Musiqiy ta’lim kafedrasi yana bir ma’naviyat kunini yuqori saviyada o’tkazish uchun O’zbekiston davlat kanservatoriyasidan bir guruh professor o’qituvchilarni, sozanda, xonandalarni taklif qildi.

Ma’naviyat kunida o’zbek san’atining gultoji bo’lgan maqomlarimizni talabalar hamda professor o’qituvchilar maroq bilan jonli ijroda tingladilar. Asarlarni go’zal ohangdorligi va so’zlarning jilosidan talabalarimizni mumtoz musiqalarimizga bo’lgan qiziqishlari yanada yuksaldi.