Kitob-ma’naviyat ko‘zgusi

Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich magistrantlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida 2018 yil 28 noyabr kuni universitet ARMda “Kitob-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Jismoniy madaniyat ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich magistrantlar o‘rtasida kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida 2018 yil 28 noyabr kuni universitet ARMda “Kitob-ma’naviyat ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini “Jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti R.I.Latipov olib bordi.

Davra suhbatida ARM mas’ul xodimlari 1-toifali bibliograf D.S.To‘raeva, ARM fondi va undan foydalanish holatlari,  internet tizimi va undan foydalanish uchun yaratilgan  shart-sharoitlar to‘g‘risida magistrantlarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.