“San’at – ma’naviyat poydevori” mavzusida konsert o‘tkazildi

 Joriy yilning 28 noyabr kuni “Umumiy pedagogika” kafedrasi va «O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti» huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari bilan hamkorlikda “San’at – ma’naviyat poydevori” mavzusida konsert o‘tkazdilar. 

 Joriy yilning 28 noyabr kuni “Umumiy pedagogika” kafedrasi va «O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti» huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari bilan hamkorlikda “San’at – ma’naviyat poydevori” mavzusida konsert o‘tkazdilar. Mazkur tadbirni tashkillashtirishdan maqsad talaba-yoshlarning madaniy va ma’naviy saviyasini oshirish hamda ularda san’atga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish, san’at bilan hamohang bo‘lishdir. 

Konsert jarayonida tomoshabinlar e’tiboriga Respublikada xizmat ko‘rsatgan  madaniyat xodimlari va soha mutaxassislaridan Umida Ibragimova, Gulbahar Bekniyazova, Sherzod Muhammadiev, Sevara Rajabova, Begzod Mamatqulov, Maryash  Ismoilova, Rashid Usnatovlar va  “Eldido” yoshlar estrada guruhi  a’zolari o‘zlarining chiqishlarini havola etdilar.

Konsert dasturida M.Karimovaning “Tadbirkor ayol”, “O‘g‘il bola birovning xasmi”, “SMS”  she’rlari, Qoraqolpoq xalq qo‘shiqlaridan “Nigorim” va “Jananim”, “Den bermes” qo‘shiqlari, Muhammad  Yusufning  “Jiyda tagida” she’ri, S.Abduqahhorning “Yigit bilan qiz” she’rlari, “Rivoyat”, “Barno yigit” qo‘shig‘i ijro etildi. Shu bilan birga “Kutish” etyudi mohirlik bilan ijro etildi. Tadbirni “Eldido” estrada guruhi  a’zolari o‘zlarining chiqishlari bilan davom etdi. Talaba-yoshlar sevimli guruhlari qo‘shiqlarini guruh a’zolari bilan  birgalikda kuyladilar. 

Tadbir yakunida tashkilotchilar va ishtirokchilarga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.