"Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikka qarshi kurashish" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

28 noyabr kuni TDPU 7-talabalar turar joyida "Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikka qarshi kurashish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

28 noyabr kuni TDPU 7-talabalar turar joyida "Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikka qarshi kurashish" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadbir Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchilari Ibragimov R.N., Akramov Sh.R. va R.R. Sayfullinlar rahbarligida o‘tkazildi.

Davra suhbatida ingliz tili va adabiyoti, chizmachilik va dizayn yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi. Dunyo miqyosida va jamiyatimizda sodir bo‘layotgan muhim va dolzarb muammolardan xabardor bo‘lish va ularning yechimi ustida birgalikda hamkorlik qilish, yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklardan voqif bo‘lish va ularga qarshi birgalikda kurashish zarurligi borasida o‘z fiklarini bildirib o‘tishdi.

Shuningdek, Akramov Sh.R universitet Nizomidagi talabalarga tegishli intizom va qoidalar bilan tanishtirib o‘tdi. Nizomda ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilish, ya’ni, darsga kech qolmaslik, o‘qituvchi va  kursdoshlarni hurmat qilish, darslarga faol qatnashish, dars mobaynida o‘qituvchilarning tushuntirayotgan mavzusiga e’tibor qaratish haqida so‘z yuritdi.

Hozirgi kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hududida "ustoz-shogird" tizimi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi va talabalarning bo‘sh vaqtlarida biriktirilgan ustozi topshirgan vazifalarni bajarish zarurligi ta’kidlandi. Mavzu doirasida tayyorlangan video material namoyish etildi.

"Yoshlar o‘rtasidagi hukuqbuzarlika qarshi kurashish" mavzusidagi suhbat yakunida TDPU 7-yotoqxona talabalari o‘z savollarini berib, keraklicha javoblar olishdi.