Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida psixologlar uchun seminar trening o‘tkazildi

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida 27 noyabr 2018 yil Iqtidorli bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini rivojlantirish va ularni qo‘llab quvvatlash” mavzusida Toshkent shahar o‘quv muassasalarida faoliyat yuritayotgan psixologlar uchun seminar trening o‘tkazildi.

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida 27 noyabr 2018 yil Iqtidorli bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini rivojlantirish va ularni qo‘llab quvvatlash” mavzusida Toshkent shahar o‘quv muassasalarida faoliyat yuritayotgan psixologlar uchun seminar trening o‘tkazildi. Seminar trening davomida “Iqtidorli bola kim?”, “Alohida iqtidorli bolalar muammolarini o‘rganishda partfolio ahamiyati”,  Iqtidorli bolalarni qo‘llab quvvatlash ishlarida yuzaga keladigan ba’zi bir muammolar va ularni bartaraf etish usullari” kabi mavzular muhokama qilindi.

Ushbu seminar treningda   Nizomiy nomidagi TDPU, “Psixologiya” kafedrasidan dotsent D.A.Maxmudova faol ishtirok  etib, “Iqtidorli bolalar dunyoqarashi bilan ishlashda biblioterapiya metodi” mavzusida  master- klass o‘tkazdi. Seminar davomida Toshkent shahridagi maktablarda faoliyat yuritayotgan psixologlar ham treninglarda faol ishtirok etdilar.