Polsha Respublikasining Krakov pedagogika universiteti tarix fanlari doktori professor Anna Zapales va uning tadqiqotchi Anna Kozyallar Universitetimizga tashrif buyurdi.

Polsha Respublikasining Krakov pedagogika universiteti va Nizomiy nomidagi TDPU o‘rtasida ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hamkorlikning ilk debochasi tarzda 7 dekabr 2018 yilda ushbu oliygohdan tarix fanlari doktori professor Anna Zapales va uning tadqiqotchi Anna Kozyallar Universitetimizga tashrif buyurishib, ikki universitetning hamkorligi to‘g‘risida memorandumni imzolashdi.

Polsha Respublikasining Krakov pedagogika universiteti va Nizomiy nomidagi TDPU o‘rtasida ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hamkorlikning ilk debochasi tarzda 7 dekabr 2018 yilda ushbu oliygohdan tarix fanlari doktori professor Anna Zapales va uning tadqiqotchi Anna Kozyallar Universitetimizga tashrif buyurishib, ikki universitetning hamkorligi to‘g‘risida memorandumni imzolashdi. Shundan so‘ng mehmonlar Tarix fakultetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni fakultet dekani t.f.n., dotsent V.T.Ishquvatov kutib olib, fakultet ilmiy-pedagogik jamoasi va faoliyati bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, mehmonlar “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasida bo‘lib, kafedra professor –o‘qituvchilari faoliyati bilan yaqindan tanishdi va kelajakda hamkorlikni amalga oshirish haqida kelishildi.