“Talabalarni ilmiy innovatsion faoliyatga yo‘naltirish” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

Joriy yilning  17 dekabrida universitet iqtidorli talabalari bilan “Talabalarni ilmiy-innovatsion faoliyatga yo‘naltirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Joriy yilning  17 dekabrida universitet iqtidorli talabalari bilan “Talabalarni ilmiy-innovatsion faoliyatga yo‘naltirish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor B.Abdulllaeva ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda universitetda iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limlari faoliyati bilan talabalarni tanishtirdi. Davra suhbati amaliy ruhda kechdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga jumladan xorijiy grantlarda ishtirok etish, maqolalar tayyorlash hamda uni ilmiy jurnallarda e’lon qilish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.