“Shaxsiy axborot xavfsizligi: siz bunga tayyormisiz?”

Hamkorlikda “Shaxsiy axborot xavfsizligi: siz bunga tayyormisiz?” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Nizomiy nomidagi TDPU  “Umumiy pedagogika” kafedrasi professor-o’qituvchilaridan Ro’ziyeva D.I., Haydarov M.E., Xodjayev B.X., Kaldibekova A.S.,  Madyarova S.A., X.A.Ro’zmetova, Qurbonova G.M., Ibragimova G.N., Tashmetova Sh.X., Irgashova M.A., Djumayeva S.A., Morxova I.V., Mirzayeva F.O., Mirsagatova N.S., Abdullayeva O’.I., Nishanova M.X., Gafurova N.M., Abralova Z.D., I.I.Rejemetovalar Chilonzor tumanidagi “Naqqoshlik”  MFY(12.12.2018 yil),  “Ko’tarma” MFY (10.12.2018 yil), Do’mbirobod” MFY (06.12.2018 yil) a’zolari bilan hamkorlikda “Shaxsiy axborot xavfsizligi: siz bunga tayyormisiz?” mavzusida davra suhbati o’tkazdilar.

Kafedra professor-o’qituvchilari so’zga chiqib, ijtimoiy tarmoqlarda faol holatda ko’p havola qilinayotgan materiallar tasnifi, muayyan rasmiy axborot, rasmiy kanallardagi xabarlar: axloqiy materiallar, tabrik jo’natmalar, guruh a’zolari qiziqish doirasidagi axborotlar (shaxsiy rasm, kasb, sport kabi), buzg’unchilikni targ’ib etuvchi rasm va video fayllar, “tarqatma axborotlar”, bular ichida eng ko’p tarqalganlari mish-mishlar ekanligi, mish-mishlar – muhim obyekti haqida og’zaki shaklda ko’chib yuruvchi  ishonchli yoki qisman ishonarli axborotlar ekanligi haqida ma’lumotlar berdilar.