«O‘zbekiston-Rossiya-Belorussiya hamkorligi» doirasida xalqaro forum o‘tkazildi

2018  yil 18 dekabrda  Nizomiy nomidagi TDPU, Pushkin nomidagi LDU va M.Tank hamkorligida «Koxlear implantli bolalarning kompleks tibbiy-psixologik-pedagogik reabilitatsiyasi» mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi. Forumni TDPU ilmiy ishlar va innavatsiyalar bo‘yicha prorektor p.f.d., prof B.S.Abdullaeva hamda p.f.d., prof L.R.Mo‘minova qutlov so‘zi bilan ochib berdilar.

2018  yil 18 dekabrda  Nizomiy nomidagi TDPU, Pushkin nomidagi LDU va M.Tank hamkorligida «Koxlear implantli bolalarning kompleks tibbiy-psixologik-pedagogik reabilitatsiyasi» mavzusida xalqaro forum o‘tkazildi. Forumni TDPU ilmiy ishlar va innavatsiyalar bo‘yicha prorektor p.f.d., prof B.S.Abdullaeva hamda p.f.d., prof L.R.Mo‘minova qutlov so‘zi bilan ochib berdilar.

Forum ishining birinchi yarmida “Maxsus pedagogika” fakulteti proffessor-o‘qituvchilari hamda zaif eshituvchi bolalar muassasalarida faoliyat yurituvchi surdapedagog mutaxassisilar ishtirokida koxlear implantli bolalarning kompleks tibbiy-psixologik-pedagogik reabilitatsiyasidagi dolzarb muammolar muhokamasi o‘tkazildi.

Dastlabki ma’ruza p.f.d. prof. L.R.Muminova tomonidan "Проблемы включения  в инклюзивное образование  детей   кохлеарным имплантом" mavzusida bayon  qilindi.

«Surdopedagogika» kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi H.Kalbaeva  Организатсионно-педагогические вопросы реабилитатсии детей с кохлеарным имплантом” mavzuda, 106-maktab-internat o‘qituvchisi, p.f.n R.Rustamova “Koxlear implantli bolalarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasini amalga oshirish yo‘llari” mavzusini  yoritib berdi. Avloniy nomidagi o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri p.f.n.dotsent D.Nazarova “Koxlear implantli bolalarni operatsiyadan keyingi reabilitatsiyasini amalga oshirish yo‘llari”ni yoritib berdi. prof., f.f.n. Z.Mamarajabova  tomonidan “FSMU texnologiyasi  asosida konferensiya ishtirokchilarining  koxlear implantli bolalarni operatsiyadan keyinggi reabilitatsiyasini amalga oshirish tajribasi” tahlil qilindi. RTM imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim muasasalari metodik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i Sh.R.Axmedova “Maxsus ta’lim muasasalari metodik ta’minlash” mavzusida bayon  qilindi.

Kunning ikkinchi yarmida soat 14:00 dan 12 ta tashkilotlar ishtirokidagi telemot translyatsiyasi boshlandi.

Telemostni qutlov so‘zi bilan forumning asosiy tashkilotchisi Pushkin nomidagi LDU ilmiy ishlar prorektori, “Defektologiya va ijtimoiy ish” fakulteti dekani L.M.Kobrina ochib berdi. O‘zbekiston tomonidan “Maxsus pedagogika” fakulteti dekani N.G.Kamilova Forum qatnashchilariga murojjat so‘zi bilan ishtirok etdi.

Forumda hamkor davlatlardan 12 ta ma’ruzachi o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. O‘zbekistondan “Surdopedagogika” kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchisi H.Kalbaeva tomonida “Organizatsionno-pedagogicheskie voprosы reabilitatsii detey s koxlearnыm implantom” mavzusida hamda “Surdopedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Z.Islambekova tomonidan “Razvitie sluxovogo vospriyatiya v sisteme integratsii detey s narusheniem sluxa”  mavzusida ma’ruza qilindi.

Forum so‘ngida barcha ishtirokchilar bir-birlariga mahsuldor hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirishdi, koxlear implantli bolalarning kompleks tibbiy-psixologik-pedagogik reabilitatsiyasidagi ilmiy-pedagogik asoslarini belgilab oldilar.  

Shuningdek, barcha, alohida ehtiyojli bolalarning har tomonilama rivojlantirish hamda ijtimoiy moslashuvi va integratsiyasi kabi umuminsoniy harakatda hamkorlar, hamtashkilotchilar va ishtirokchilar doirasini kengaytirish g‘oyasini qo‘llab quvvatladilar.

 

Xalqaro Forum materiallari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

http://lengu.ru/news/kompleksnaya-medikopsihologopedagogicheskaya-ryeabilitatsiya-detyei-s-kohlyearnymi-implantami