“O‘zbekistonda jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘zgarishlar dinamikasi”

“O‘zbekistonda jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘zgarishlar dinamikasi” (ijtimoiy-siyosiy tahlil) mavzusidagi doktorlik (DSc) dissertatsiyasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.29.08.2017.S.01.08. raqamli ilmiy kengashning qaroriga ko‘ra joriy yilning 15 dekabr kuni “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” kafedrasining ilmiy-nazariy seminarida O‘zbekiston Milliy universiteti tadqiqotchisi Axmedov Husniddin Aliqulovichning “O‘zbekistonda jamiyat ma’naviy hayotidagi o‘zgarishlar dinamikasi” (ijtimoiy-siyosiy tahlil) mavzusidagi doktorlik (DSc) dissertatsiyasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Dissertatsiya yuzasidan kafedra professori f.f.d. N. Mamatov, dotsentlar s.f.n. H.Xolmirzayev, t.f.n. R.Tursunov, t.f.n. T.Xo‘jamberdiyev, f.f.n. G.Eshonova, f.d.(PhD), E.Yusupova, f.d.(PhD), Sh.Otaqulovlar o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdilar.