“Yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning innovatsion - huquqiy asoslari”

“Yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning innovatsion - huquqiy asoslari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

2018 yil 19-dekabr kuni Universitet anjumanlar zalida Tarix fakulteti “Iqtisodiy bilim asoslari o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan “Har bir oila-tadbirkor” va “Yoshlar bizning kelajagimiz” dasturlari doirasida “Yoshlarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning innovatsion - huquqiy asoslari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningda “Taraqqiyot strategiyasi” bosh koordinatori Sherzod Baxtiyorovich Saparov, “Taraqqiyot strategiyasi” loyiha koordinatori Azamat Fatxullayev, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarma bo‘lim boshlig‘i Sharipov Shaxzod Muratovich, “Haqiqat maskani” advokatlik byurosi advokati Axmedov Amrullo Abdullayevich, “Trastbank” XAB bo‘lim boshlig‘i O‘ktam Ergashevlar ishtirok etib, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyatini, joriy yilda Harakatlar strategiyasida belgilangan dasturlarning ijrosi haqida va bunda talaba-yoshlarga o‘z biznesini amalga oshirishda berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi. Tadbir sermazmun, bahs-munozarali, ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Tadbirda faol ishtirok etganlar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.