Kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga ta'lim kreditini olishda imtiyozlar nazarda tutilganmi? Bu imtiyozdan foydalanish tartibi haqida ma'lumot bersangiz.

Yoshlarga ta'lim kreditini berishning umumiy tartibi va shartlari, imtiyozga ega bo'lgan shaxslar toifasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi 318-qarori bilan tasdiqlangan Oliy o'quv yurtlarida to'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlari berish to'g'risidagi nizomda belgilangan. Mazkur nizomga muvofiq tijorat banklari tomonidan berilgan ta'lim kreditlari bo'yicha: chin yetimlarga, "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga-nol foiz stafkasi (foizsiz kredit); talabalarning qolgan toifalariga - O'zbekiston markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo'lmagan o'zgaruvchi foiz stvkalari belgilanadi. Kam ta'minlangan oilalardan bo'lgan talabalar uchun kredit bo'yicha qo'shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko'maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta'minlashga ko'maklashish davlat jamg'armasi mablag'laridan to'lanadi. Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to'lash tartibi to'g'risidagi nizomga muvofiq ko'rsatib o'tilgan imtiyozga huquqli bo'lgan oila ekanligi fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan aniqlanadi.