O'zbekistonda voyaga yetmaganlarning mehnat qilish tartibi qanday? Bu bo'yicha qanday huquqiy normalar o'rnatilgan?

Mehnat kodeksining 77-moddasiga muvofiq, ishga qabul qilishga o'n olti yoshdan boshlab yo'l qo'yiladi. 15 yoshga to'lmagan shaxslar esa ota-onasidan birining yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxsning roziligi bilan ishga qabul qilinishi mumkin. Ta'lim muassasasida tahsil olayotgan o'quvchi yoshlar 14 yoshga yetganlaridan so'ng, ota-onasidan birining roziligi bilan bolalarning sog'lig'i va tarbiyasiga ziyon yetkazmaydigan hamda ta'lim jarayonini buzmaydigan ishlarni faqat o'qishdan bo'sh vaqtlarida bajarish uchun ishga qabul qilinadi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun band qilingan ish joylariga ish beruvchi mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuborilgan 18 yoshga to'lmagan shaxslarni ishga qabul qilish shart.

Mehnat qonunchiligida yoshlarning ish vaqti qat'iy belgilab qo'yilgan. Unga ko'ra, voyaga yetmagan xodimning ish vaqti haftasiga 24 soatdan oshmasligi lozim. 

Mavzuga oid