2017-yil kasb-hunar kollejini tamomladim, ishga joylashish uchun hujjatlarimni topshirdim. Mehnat shartnomasini imzolash vaqtida xodimlar bo'limi boshlig'i mehnat shartnomasida 3 oy sinov muddati nazarda tutilganini, agar yaxshi ishlab, o'zimni ko'rsatmasam, sinov muddatidan keyin mehnat shartnomasi bekor qilinishini aytdi. Ushbu holat qanchalik to'g'ri?

O'zbekistonning 2013-yil 7-oktabrdagi qonuni bilan Mehnat kodeksining 84-moddasiga sinov muddatini belgilashga oid o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan. 

Unga asosan o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining hamda oliy o'quv yurtlarining tahsilni tamomlagan kundan e'tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.

Ushbu normaga asosan xodimlar bo'limining xatti-harakatlari mehnat qonunchiligiga zid sanaladi.