“Huquqingni bil va o‘zingni himoya qil” aksiyasi

“Huquqingni bil va o‘zingni himoya qil” aksiyasi doirasida “Qonunchilikda ota-onalarimiz oldidagi burchlarimiz” mavzusida Chilonzor tuman adliya bo‘limi hamkorlikda davra-suhbati o‘tkazildi.

2018-yil 21-dekabr kuni “Maxsus pedagogika” fakulteti “Logopediya” kafedrasida hamda 8-TTJ da “Huquqingni bil va o‘zingni himoya qil” aksiyasi doirasida “Qonunchilikda ota-onalarimiz oldidagi burchlarimiz” mavzusida Chilonzor tuman adliya bo‘limi hamkorlikda davra-suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida fakultet dekani N.G.Kamilova, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini D.To‘rayeva, “Logopediya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, 203-guruh talabalari, TTJ tarbiyachisi R.Abdullayeva va TTJda yashovchi talabalar ishtirok etdilar. Tadbirga Chilonzor tumani adliya bo‘limi bosh mutaxassisi Abdullox Isroilov taklif etildi. A.Isroilov davra suhbati ishtirokchilarini mamlakatimizdagi siyosiy yangiliklar bilan tanishtirdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 123- moddasining mazmun moxiyati bilan tanishtirdi, yig‘ilish ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob va huquqiy tushuntirishlar berdi. Suhbat davomida talabalar stres holatlari haqida ham savollar berishdi va ushbu mavzuni Maxsus pedagogika fakulteti dekani ps.f.n. dos. N.G.Kamilova soha mutaxassisi sifatida to‘liq va atroflicha yoritib berdi. Munozara davomida talabalarni so‘roviga binoan “Stressdan xalos bo‘lish” treningi o‘tkazildi. Davra suhbati savol-javoblarga, munozaraga boy bo‘lib, qiziqarli o‘tdi.