“Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga korreksion ta’lim-tarbiya berish jarayonini takomillashtirish texnologiyalari”

“Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga korreksion ta’lim-tarbiya berish jarayonini takomillashtirish texnologiyalari” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

“Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga korreksion ta’lim-tarbiya berish jarayonini takomillashtirish texnologiyalari” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

Kuni kecha “Surdopedagogika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Olmaliq shahar 80-son imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga korreksion ta’lim-tarbiya berish jarayonini takomillashtirish texnologiyalari” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi. Tadbirda ta’lim muassasasining 60 nafar o‘qituvchi-tarbiyachilari ishtirok etdi. Surdopedagogika kafedrasi mudiri v.b. H.Kalbaeva davlatimiz tomonidan imkoniyati cheklangan, shu jumladan kar va zaif eshituvchi shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ularni o‘qitish, ish bilan ta’minlash va xordiq chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratilishiga katta e’tibor qaratilayotgannini ta’kidladi. Bunga misol qilib hukumatimiz tomonidan chiqarilgan bir qancha farmon, qaror va farmoyishlarni keltirish mumkin. Bugungi kunda ham imkoniyati cheklangan yoshlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratish dolzarb bo‘lib qolayotir. Ma’ruzachi o‘quvchilar ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini egallashlari, munosib hayot kechirishlari uchun ularni kasb-hunarga yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha keng qamrovli ishlar butun pedagogik jamoa tomonidan olib borilishi, o‘quvchilarning kasblarga bo‘lgan qiziqishlarini uyg‘otadigan, ularning layoqati va qobiliyatini aniqlaydigan samarali texnologiyalarni qo‘llash talab etiladi. Kasb-hunarga yo‘naltirishda Golomshtok, Klimov test-sinovlari, didaktik, rolli o‘yinlar, sayr-sayohatlar, dramalashtirish,topishmoq, she’r va boshqa badiiy asarlaridan foydalanish yaxshi samara berishi ta’kidlandi. Kafedra professori Z.Mamarajabova Ona tilini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha olib borgan treningda an’anaviiy va noan’anaviy texnologiyalar taqqoslandi va ulardan oqilona foydalanish zarurligi e’tirof etildi. Kafedra dotsenti v.b.M.Xamidova bilin olib borilgan muloqotda ta’lim muassasasining ota-onalar bilan hamkorligi ularning pedagogik madaniyatini ko‘tarishga, ta’lim jarayoninining faol ishtirokchilariga aylantirishga, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirishga va nutqiy muloqot qobiliyatlarini o‘stirishga qartmoq zarurligi kabi masalalar muhokama etildi. Toshkent viloyati PXMOI dotsenti F.Qodirova maktabning va o‘qituvchi-tarbiyalari bilan olib borgan treningda korreksion mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning nutqiy muloqoti, so‘z boyligi, bog‘lanishli va monologik nutqi,nutqning grammatik qurilishi ustidan izchil korreksion mashg‘ulotlarga qo‘yilgan talablar, o‘quvchilar bilik, ko‘nikma va malakalarni baholash va bilimlar darajasini monitoring qilish masalalari guruhlarda va umumiy tarzda o‘rganib chiqildi. Toshkent shahar 102-zaif eshituvchi bolalar maktab-internati o‘qituvchisi K. O‘quvchilar nutqiy muloqotini rivojlantirish, grammatik qurilishini shakllantirish bo‘yich olib borilayotgan korreksion mashg‘ulotlar mazmuni bilan seminar ishtirokchilarini tanishtirdi. Olmaliq shahar 80-son maktab-internatining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Tadjieva, ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Alxarovalar maktab-internatda ta’lim-tarbiya ishlarining tashkil etish jarayoni, erishilgan yutuqlar, muammolar va kelajakdagi rejalar bilan tanishtirdilar. Eshitish kabineti mudiri G.Yuldasheva maktab-internatda eshitish idrokini rivojlantirish, talaffuzga o‘rgatish yakka mashg‘ulotlarining tashkil etilishi va olib borilishi haqida so‘zlab berdi. Seminar yakunida maktab-internati o‘quvchilari tomonidan badiiy konsert dasturi namoyish etildi. Seminar ishtirokchilari tashkilotchilarning maktabda korreksion ta’lim-tarbiyani samarali tashkil etish etish texnologiyalardan unumli foydalanish bo‘yicha olib borilgan ma’ruza, davra suhbatlari, ma’ruza va baxs-munozaralari foydali metodik yordam bo‘lganini e’tirof etdilar.