“Nutq buzilishlarini korreksiyalashda nazariya va amaliyotining hamkorligi”

“Nutq buzilishlarini korreksiyalashda nazariya va amaliyotining hamkorligi” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

“Nutq buzilishlarini korreksiyalashda nazariya va amaliyotining hamkorligi” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

2019-yil 9-yanvar kuni Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika fakulteti Logopediya kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Yunusobod tumanidagi 480-sonli maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi pedagogik jamoasi hamkorligida “Nutq buzilishlarini korreksiyalashda nazariya va amaliyotining hamkorligi” mavzusida seminar trening tashkil etildi. Seminar-trening 480-MMTM mudiri D.Sobirova tomonidan ochildi. Logopediya kafedrasi mudiri p.f.n. Z.M.Axmedova soha yangiliklari to‘g‘risida ishtirokchilarni tanishtirdi. PhD N.Z.Abidova “Alohida yordamga muhtoj bolalarning ota-onalari bilan hamkorlik yo‘llari” mavzusida ma’ruza o‘tqazdi. O‘qituvchi N.S.Yodgorova “O‘yin faoliyati orqali katta maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ qobiliyatilarini rivojlantirish” mavzusida trening o‘tqazdi. Trening davomida qo‘yilgan muammolarni o‘yinlar orqali bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqildi va amalda qo‘llandi. Seminar trening yakunida barcha ishtirokchilar o‘zlariga va kasbdoshlariga tilaklar bildirdilar. Shuningdek, sohaga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollar va muammolarni aytib o‘tdilar. Professor-o‘qituvchilar tomonidan ushbu savollarga javob berildi, muammoli vazitlar to‘g‘risida fikr bildirildi.