“Vatan himoyasi-muqaddas burch”

“Vatan himoyasi-muqaddas burch” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Iqtisodiy bilim asoslari o‘qitish metodikasi” kafedrasi tomonidan joriy yilning 12-yanvar 2019- yilda 8-sonli talabalar turar joyida “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27-yilligi hamda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”ga bag‘ishlab, “Vatan himoyasi-muqaddas burch” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Chirchiq Oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurti zobitlari: podpolkovniklar-A.A.Bilolov, O.M.Abdullaev, N.N.Ishnazarov, kapitan N.T.Xoliqov, leytenant A.T.Eshboevlar ishtirok etib, mustaqillik yillarida mudofaa tizimimizda amalga oshirilgan islohotlar natijasida Qurolli kuchlarining shaxsiy tarkibiy qismi intelektual salohiyatga ega, harbiy ilmini chuqur va mukammal o‘zlashtirgan harbiylar bilan to‘ldirilganligini, armiyamiz eng zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnikalar bilan ta’minlanganligini alohida qayd etib o‘tdilar. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tashabbuslari bilan qabul qilingan Harakatlar strategiyasida ham yurtimiz tinchligi va xavfsizligini ta’minlashda milliy armiyamiz shaxsiy tarkibi va uning moddiy-texnik bazasini yanada takomillashtirib borishni ustuvor yo‘nalanishlardan biri ekanligi alohida qayd etilgan. Tadbirda bugungi kunda bu islohotlar natijasida Qurolli kuchlarimizning dunyo miqiyosida reytingi tabora oshib borayotganligi qayd etib o‘tildi. Tadbirda milliy armiyamizga bag‘ishlangan kinofilm namoyish etildi. Tadbirda talabalar Vatan, milliy armiyamizga bag‘ishlangan she’r va qo‘shiqlar ijro etishdi. Tadbirda armiya va xalq birdamligi shiori ostida universitet talabalari va Chirchiq Oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurti o‘rtasida hamkorlik qilishga kelishildi. Tadbir sermazmun, yuqori saviyada o‘tdi. “Iqtisodiy bilim asoslari o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri dotsent G.A.Abdilakimov tashrif buyurgan mehmonlarga universitet, Tarix fakulteti rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildirib, faol ishtirok etganlarga universitet Rektorining tashakkurnomasini topshirdi.