“Oliy pedagogik ta’lim sohasidagi eng so‘ngi tendensiyalar”

"Oliy pedagogik ta’lim sohasidagi eng so‘ngi tendensiyalar” mavzusida o‘quv-seminari bo'lib o'tdi.

Seminarda universitet rahbariyati, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Umumiy pedagogika kafedrasi professori, p.f.d., B.X.Xodjayev “Oliy pedagogik ta’lim sohasidagi eng so‘ngi tendensiyalar” mavzusidagi o‘quv-seminarda pedagogik ta’lim mazmunini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, pedagog-kadrlarni innovatsion faoliyatga tayyorlash va innovatsion salohiyatini rivojlantirish, ta’limning axborot beruvchi metod, o‘quv-tarbiya jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligini e’tiborga olgan holda shaxsga yangicha qarash, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, zamonaviy sharoitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlashdan natija bermaydigan metod sifatida voz kechish va individual yondashuvni yangicha talqin etish, ta’lim maqsadi, shakl va texnologiyalaridan muammoli, ilmiy izlanish, mustaqil ishlash, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ta’limga o‘tib borish xususida ma’lumotlar berdi. Bundan tashqari pedagog kadrlarda axborot texnologiyalari muhitida faoliyat yuritish kompetentligini rivojlantirish, pedagog kadrlarda konfliktologik kompetentlikni shakllantirish, pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining mustaqil ishini tashkil etish va o‘tkazish, bo‘lajak o‘qituvchilarda kreativ kompetentlikni shakllantirish kabi masalalarning mazmun-mohiyati, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati bo‘yicha o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor D.U.Ergashev, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i R.Yuldashev tomonidan batafsil ma’lumotlar, berilgan savollar yuzasidan aniq javoblar va tavsiyalar berildi.