“Odam savdosi millatga qarshi illat”

“Odam savdosi millatga qarshi illat” mavzusida tarbiyaviy tadbir bo‘lib o‘tdi

Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi kafedrasi dotsenti N.X.Voxidova unversitetga qarashli Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida joylashgan 9-sonli talabalar turar joyida 18-yanvar kuni “Odam savdosi millatga qarshi illat” nomli tarbiyaviy tadbir tashkil etdi. Tadbirda Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti 104-(rus) va 206-(o‘zbek) guruh talabalari ishtirok etdi. Tadbir mavzu doirasidagi videorolik va slayd taqdimoti bilan boshlandi. Shuningdek, tadbirda Milliy istiqlol g‘oyasi kafedrasi dotsentlari N.Saidalixodjayeva hamda dotsent N.Akayeva mehmon sifatida ishtirok etib, mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar hamda talabalarning savollariga javob berdilar.