Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari universitetimizga tashrif buyurdi

«Innovatsion pedagogika» qo‘shma fakultetiga Belarus davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari Nikolay Nikolayevich Poplavskiy va Yelena Ivanovna Komkovalar tashrif buyurdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetlari tomonidan imzolangan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha Hamkorlik Memorandumiga muvofiq 2019-yil 21-yanvardan boshlab «Innovatsion pedagogika» qo‘shma fakultetida Belarus davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari Nikolay Nikolayevich Poplavskiy va Yelena Ivanovna Komkovalar o'z faoliyatini boshladi.

Ular tomonidan o‘quv mashg‘ulotlar, turkum seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. Mazkur dars mashg‘ulotlari yakunida professor-o'qituvchilar tomonidan yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazish rejalashtirilgan.