“Tortinchoqlik - o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda tortinchoqlikning psixologik xususiyatlari”

“Tortinchoqlik - o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda tortinchoqlikning psixologik xususiyatlari” mavzusida psixologik - seminar trening bo'lib o'tdi.

“Umumiy psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi Raximova I.G‘. Yangiyo‘l tumani XTB ga qarashli 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan 2018-2019 o‘quv yilidagi hamkorlik ijrosini ta’minlash maqsadida 26-yanvar kuni umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan psixologik - seminar trening o‘tkazdi. Nizomiy nomidagi TDPU “Umumiy psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi Raximova Iroda 2019-yil 26-yanvarda Yangiyo‘l tumani “Gulbaxor” MFY 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan “Tortinchoqlik - o‘smir yoshdagi o‘quvchilarda tortinchoqlikning psixologik xususiyatlari” mavzusida psixologik - seminar trening o‘tkazdi. Trening avvalida o‘quvchilarga tortinchoqlik mavzusida keng atroflicha ma’lumot berildi. Tortinchoqlikning kelib chiqishiga ta’sir etuvchi omillar, tortinchoqlikning ko‘rinishlari, uning turlari, uning yuzaga kelishida oila va maktabning o‘rni to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ushbu trening mashg‘ulotlari maktab o‘quvchilarida tortinchoqlikni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, o‘z-o‘ziga nisbatan ishonchni oshirishga, muloqotchanlik ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, ushbu mashg‘ulot o‘quvchilar o‘rtasida psixologik iliq muhitni shakllantiradi.