1-kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“Innovatsion pedagogika” o‘zbek-belarus qo‘shma fakultetida 7 fevral kuni 1-kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 2018/2019 o‘quv yilining birinchi semestri yakunlari muhokama qilindi, shuningdek, o‘quv yilining ikkinchi yarmida o‘quv tarbiyaviy ishlarni sifatli tashkil etish yuzasidan professor-o‘qituvchilar jamoasiga takliflar bildirildi. Yakunlangan birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra eng yaxshi natijalarga erishgan talabalar nomlari e’lon qilinib, ularga badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi. Bundan tashqari, talabalarning ota-onalariga universitet rahbariyati bilan o‘tkazilgan “Ochiq muloqot” davomida berilgan savollarga javob berildi.