“Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur asarlarida iqtisodiy qarashlar”

“Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur asarlarida iqtisodiy qarashlar” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

2019-yil 13-fevral kuni 10-TTJda “Iqtisodiy bilim asoslari o‘qitish metodikasi” kafedrasi jamoasi tomonidan “Alisher Navoiy va Zahriddin Muhammad Bobur asarlarida iqtisodiy qarashlar” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda buyuk allomalarimizning asarlarida ilgari surilgan mamlakat farovonligini ta’minlashda soliq va boj imtiyozlarning mehnatkash aholiga, mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarning rivojlanishidagi roli va o‘rni haqida fikr yuritildi. Jamiyat boyligini yaratuvchi aholi qatlamlarini davlat har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi zarurligi, ularga shart-sharoitlar yaratishi kerakligi haqidagi g‘oyalarning mazmun-mohiyatini tarixiy misollar orqali tushuntirildi. Allomalarimizni iqtisodiy g‘oya va ta’limotlarining ahamiyati bugungi mamlakatimizning taraqqiyotida ham beqiyosligini hayotiy misollar orqali tushuntirildi. Tadbirda buyuk bobolarimizning g‘azal va ruboiylaridan o‘qilib, davra suhbati sermazmun, savol-javoblar tarzida o‘tdi.