Erasmus+ dasturining navbatdagi axborot seminari bo‘lib o‘tdi

2019-yil 15-fevral kuni Erasmus+ milliy ofisi Ta’lim va madaniyat bosh Direktori (DG EAC) hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik loyihalarining monitoring uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rahbariyati hamda Erasmus+ dasturining O‘zbkistondagi milliy ofisi vakillari ishtirok etdi. Unda universitet tomonidan “Xalqaro kredit mobilligi” yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar muhokamasi amalga oshirildi. Erishilgan natijalar baholanib, kelajak faoliyat yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, tadbir davomida universitet professor-o‘qituvchilari, magistr hamda talabalar uchun Erasmus+ dasturining yo‘nalishlari hamda amaldagi loyihalar to‘g‘risida axborot seminar tashkil etildi. Seminarda dasturning maqsad va vazifalari, loyihalarda ishtirok etish shartlari to‘g‘risida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi. Axborot seminarda shuningdek, Erasmus+ doirasidagi almashuv dasturiga muvofiq xorij oliy ta’lim muassasalarida bo‘lib qaytgan universitetning professor-o‘qituvchilari hamda talabalar so‘zga chiqib, safardan olgan taassurotlari bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.

Ma'ruzachi: U.A.Kulijanov - Realization of ICM projects at TSPU 

 http://exujjat.tdpu.uz/exujjat/msgfileviewer//f431b69eb8d30325c6819bcf1ef5842f


Fayllar:
1. Realization of ICM projects at TSPU.pdf