Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati

2019-yil 14-fevral kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi tarmoq markazi ma’muriyati, professor-о‘qituvchilar va tinglovchilar ishtirokida О‘zbekiston Xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan “Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati” mavzusida uchrasuv о‘tkazildi.

Uchrashuvni tarmoq markazi direktori professor N.Muslimov kirish sо‘zi bilan ochib berdi. Shundan sо‘ng Xalq yozuvchisi Tohir Malikga sо‘z navbati berildi. Adib bugungi kunda yosh avlodni kitob о‘qishga qiziqtirish, bunda ta’lim tizimida pedagogik faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilarning roli katta ekanini ta’kidlab о‘tdi. Uchrashuv davomida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga О‘zbekiston Xalq yozuvchisi Toxir Malik batafsil javob berdi. Davra suhbati mazmunli о‘tdi. Tinglovchilar uchrashuv tashkillashtirilganlidan mamnun bо‘lishdi.