“Maxsus sirtqi (sirtqi) ta’lim yо‘nalishida о‘quv jarayonlarni samarali tashkil etish mexanizmlari”

“Maxsus sirtqi (sirtqi) ta’lim yо‘nalishida о‘quv jarayonlarni samarali tashkil etish mexanizmlari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

2019-yil 20-fevral kuni “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi tomonidan Maxsus sirtqi bо‘lim yо‘nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarlik jarayonlarini takomillashtirish maqsadida “Maxsus sirtqi (sirtqi) ta’lim yо‘nalishida о‘quv jarayonlarni samarali tashkil etish mexanizmlari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi mudiri H.Sanaqulov seminarni ochib berdi. О‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i R.Yuldoshev “Sirtqi bо‘lim yо‘nalishlarida dars jarayonini samarali tashkil etish masalalari” mavzusida, “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professori M.Jumayev “Maxsus sirtqi talabalari uchun о‘quv-uslubiy qо‘llanmalarni yaratish tizimi” mavzusida, “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi” kafedrasi dotsenti D.Abduraximova “Maxsus sirtqi bо‘lim yо‘nalishlarida sessiya oraliq topshiriqlarini tashkil etish mexanizmlari” mavzularida ma’ruzalar qilindi. Ilmiy seminarda “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi, “Musiqa madaniyati” kafedrasi, “Jismoniya madaniyat” kafedrasi, “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Ushbu tashkil etilgan ilmiy-amaliy seminar orqali “Maxsus sirtqi (sirtqi) ta’limda dars beruvchi professor-o‘qituvchilarga kerakli metodik yordam va tavsiyalar, ko‘rsatmalar berildi.