“Talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish”

“Talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish” mavzusida ilmiy tadbir tashkil etildi.

Universitetda 2019-yilning 26-fevral kuni  Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatga keng jalb qilish maqsadida “Talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish” mavzusida ilmiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbirda asosiy ma’ruzachilar sifatida - Prezident stipendiyasi sovrindori – talaba Nigora Yorqulova - “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori - Iroda Jumanova - “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik tanlovi respublika bosqichi g‘olibi – Shohsanam Xolboyeva - Rio 2016 paraolimpiadasi hamda Jakarta 2018 yozgi paraosiyo o‘yinlari g‘olibi – Miran Saxatov lar universitetimiz iqtidorli talabalariga o‘zlari erishgan yuksak natijalar va ushbu natijalarga erishish yo‘llari to‘g‘risida so‘zlab berdilar. Mazkur tadbir davomida talabalar universitetda tashkil etilishi rejalashtirilgan quyidagi tanlovlar va ularning shartlari bilan tanishtirildi: Universitetning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar tomonidan 2018 yil davomida respublika hamda xorijiy ilmiy jurnallarda nashr qilingan maqolalar bo‘yicha “Eng yaxshi respublika maqolasi muallifi” hamda “Eng yaxshi xorijiy maqola muallifi”tanlovi. (1-15 mart kunlari eksper kengashi maqolalarni topshirish). 2. Joriy yilning aprel oyida universitetda talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish va ularda innovatsion fikrlashni, yangi g‘oya va tashabbuslarni shakllantirish maqsadida “startaplar” tanlovi tashkil qilinadi (ushbu tanlovning respublika bosqichi may oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan bo‘lib, g‘oliblar tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistraturada imtiyozli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar). 3. Semestr yakuni bo‘yicha talabalarning tahsil olayotgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv dasturlariga muvofiq keluvchi fanlardan tayyorlangan mustaqil ishlari asosida “Eng yaxshi mustaqil ish” tanlovi; “Eng yaxshi innovatsion g‘oya” tanlovi, “Innovatsion ta’lim” tanlovlari tashkil etiladi.