“Eng faol fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi” ko‘rik-tanlovi

2019-yil 1-mart kuni Zulfiyaxonim tavalludining 104 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Eng faol fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi.

Talaba qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash bo‘yicha xotin-qizlar orasida samarali tadbirlarni tashkil etish, xotin-qizlar qo‘mitalari faoliyatini yanada takomillashtirish va mavqeini oshirish, xotin-qizlarning universitetdagi faolligini kuchaytirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan universitet fakultetlaridagi xotin-qizlar qo‘mitalari raislari o‘rtasida “Eng faol fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovning universitet bosqichiga qadar ishchi guruh a’zolari joylarda tanlov ishtirokchilarining ish tajribalarini o‘rganib chiqdilar. So‘ng 2019-yil 1-mart kuni Zulfiyaxonim tavalludining 104 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda “Eng faol fakultet xotin-qizlar qo‘mitasi raisi” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi. Tadbirni universitet rektori Sh.S. Sharipov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Ayni bahorning ilk kuni hamda xalqimizning ardoqli shoirasi Zulfiyaxonim tavallud topgan kunda tashkil etilgan tanlov qizg‘in bahslar, biri biridan betakror chiqishlarga boy bo‘ldi. O‘z navbatida chiqishlarni baholab borayotgan hakamlar hay’ati a’zolariga oson bo‘lmadi. Uzoq tortishuvlardan so‘ng “Tarix” fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – Umida Nigmanova faxrli 1-o‘rinni, “Tabiiy fanlar” fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – Mehribon Qalandarova hamda “Chet tillar” fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – Durdona Saidazimova 2-o‘rinni, “Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat” fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – Dilrabo Xodiyeva, “Kasb ta’limi” fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – Hilola Yakubova hamda “Innovatsion pedagogika” fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – Ma’muraxon Asrorova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Shuningdek, “Maxsus pedagogika” fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – Muborak Hamidova “Eng ijodkor xotin qizlar qo‘mitasi raisi”, “Fizika-matematika” fakulteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi – Nargiza Mirzaaxmedova “Eng yaxshi innovatsion g‘oya sohibasi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildilar.