“Sen baribir muqaddassan- ayol”

Tabiiy fanlar fakulteti raxbariyati, barcha professor-o‘qituvchilari va fakultet talaba yigitlari bilan birgalikda 2019-yil 7-mart kuni ertalab soat 7:30 dan boshlab ko‘tarinki kayfiyatda ayol professor-o‘qituvchilar va talaba qizlarni “8- mart xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan kutib olish marosimini o‘tkazishdi.

2019-yil 6-mart kuni 5-sonli talabalar turar joyida Tabiiy fanlar fakulteti talaba yigitlari TTJ murabbiysi A. Tulyakov va Tabiiy fanlar fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Z. Djumayeva boshchiligida talaba qizlar uchun maxsus katta osh tashkillashtirishdi. Tadbirda 4-5-6-qavatda qizlar uchun katta dasturxon yozilib, yigitlar xar bir qavat qizlari uchun maxsus videolavxalar bilan tabriklash marosimini o‘tkazishdi. Tabiiy fanlar fakulteti raxbariyati, barcha professor-o‘qituvchilari va fakultet talaba yigitlari bilan birgalikda 2019-yil 7-mart kuni ertalab soat 7:30 dan boshlab ko‘tarinki kayfiyatda ayol professor-o‘qituvchilar va talaba qizlarni “8- mart xalqaro xotin-qizlar bayrami” munosabati bilan kutib olish marosimini o‘tkazishdi. Tadbir davomida fakultet yigitlari qizlarga maxsus tayyorlangan ruchkalar, o‘qituvchilar uchun maxsus sovg‘alar ulashishdi.