“NIZOMIY ASARLARI BILIMDONI” KO‘RIK TANLOVI G`OLIBLARI TAQDIRLANDI

“Nizomiy asarlari bilimdoni” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.

"Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-3775-sonli Qarorlarida ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish, xususan “ustoz-shogird” tizimini rivojlantirish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Nizomiy asarlari bilimdoni” ko‘rik tanlovi tashkil etildi.

           Nizomiy nomidagi TDPU talabalarining o‘zlari ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasiga nomi berilgan buyuk mutafakkir – Nizomiy Ganjaviy asarlarining mazmun va mohiyatini o‘rganish darajalarini aniqlash, ularning bu boradagi bilimlarini kengaytirish maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘tkazilgan ko‘rik tanlov  Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon do‘stlik jamiyati va O‘zbekiston-Ozarbayjon madaniyat markazi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

To‘rt bosqichda tashkillashtirilgan ko‘rik tanlovning yakunlovchi bosqichlari 27 mart kuni universitet faollar zalida o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev Ozarbayjon madaniyat markazi xodimi Kifoyatxonim Pirmamedova ishtirok etib, universitet jamoasining Nizomiy Ganjaviy hayoti hamda ijodi borasidagi bilimlarini baholashda ishtiroh etdi.

Nizomiy hayoti, ijodi hamda uning bugungi kundagi o‘rganilishi bilan bog‘liq savol-javoblar, shoirning g‘azallarini yoddan o‘qish kabi bir-biridan qiziqarli shartlar yig‘ilganlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, professor-o‘qituvchilar jamoasidan Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti o‘qituvchisi Nusratova Hamida Cho‘liboyevna – 1-o‘rin, Tarix fakulteti o‘qituvchisi Mirzayev G‘ulom Rizoqulovich 2-o‘rin, Kasb ta’limi fakulteti o‘qituvchisi Ahmedov Muhammadumar Bahriddinovich 3-o‘ringa munosib deb topildi.

Talabalar jamoasida esa Rus tili va adabiyoti fakulteti talabasi Jumayeva gulnoza 1-o‘rin, Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Asalova Sitora 2-o‘rin, Tarix fakulteti talabasi Xolboyeva Shohsanam 3-o‘rinni egalladi.

Joriy yilning 30-mart kuni universitetdatashkil etilgan “Navro‘z” bayrami  saylida “Nizomiy asarlari bilimdoni” ko‘rik tanlovi g‘oliblari universitet rahbariyati hamda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon do‘stlik jamiyati va O‘zbekiston-Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan quyidagi sovg‘alar bilan taqdirlandilar:

Professor o‘qituvchilar:

1-o‘rinni egallagani uchun universitet tomonidan diplom va kitoblar, markaz tomonidan 1500 000 (bir yarim million) so‘m miqdoridagi pul mukofoti;

2-o‘rinni egallagani uchun universitet tomonidan diplom va kitoblar, markaz tomonidan  Nizomiy Ganjaviy tasviri tushirilgan  gilam;

3-o‘rinni egallagani uchun universitet tomonidan diplom va kitoblar, markaz tomonidan  Nizomiy Ganjaviy asarlari to‘plami;

Talabalar:

1-o‘rinni egallagani uchun universitet tomonidan faxriy yorliq  va kitoblar, markaz tomonidan Nizomiy Ganjaviy asarlari aks etgan miniatyura va 800 000 ( sakkiz yuz ming) so‘m miqdoridagi pul mukofoti;

2-o‘rinni egallagani uchun faxriy yorliq  va kitoblar, markaz tomonidan planshet;

3-o‘rinni egallagani uchun faxriy yorliq  va kitoblar, markaz tomonidan Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” asari.

Endilikda ushbu tanlovni o‘tkazish  doimiy an’anaga aylanishi kutilmoqda.