“Pedogogik jamoadagi ijtimoiy psixologik muhitni yaxshilash”

“Pedogogik jamoadagi ijtimoiy psixologik muhitni yaxshilash” mavzusida trening bo'lib o'tdi.

 

2019-yil 25-mart kuni Universitetga qarashli Psixologiya o‘quv- ilmiy markazi Psixologik xizmat va targ‘ibot bo‘limi mutaxassislari L.F.Miraxmetova  va A.E.Muxtarova tomonidan ChXT fakultetida o‘tkazilagan “Pedogogik jamoadagi ijtimoiy psixologik muhitni yaxshilash”ga qaratilgan  trening o‘tkazildi.

 

Suxbat ChXT o‘qituvchilari bilan tanishuvdan boshlandi. Markaz psixologlari tomonidan pedogogik jamoada yuzaga keladigan munosabatlar, pedagogik jamoadagi iqlimni pedagog shaxsiga va uning faoliyatga ta’sirlari vaziyatlar, nizolar, ularni oqibatlari, nizolarni bartaraf etish yo‘llari, konstruktiv yechimlari, shuningdek, talaba va o‘qituvchi munosabatlari haqida ma’lumot berildi.

 

O‘qituvchilarni o`zaro munosabatlarini yaxshilashga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.  O‘qituvchilar juda faol, ko‘tarinki ruxda va ochiq edilar. 

 

Trening so‘ngida o‘qituvchilar  o‘z fikrlari va ta’surotlari bilan bo‘lishishdi.