Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati kо‘zgusi

О‘zbekiston Respublikasi Xalq yozuvchisi, Toxir Malik bilan “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati kо‘zgusi” mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.

2019-yil 6-aprel kuni Toshkent davlat pedagogika universiteti  huzuridagi tarmoq markazi ma’muriyati, professor-о‘qituvchilari va tinglovchilari bilan О‘zbekiston Respublikasi Xalq yozuvchisi, Toxir Malik bilan “Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati kо‘zgusi” mavzusida uchrashuv  о‘tkazildi. Uchrashuvni tarmoq markazi direktori professor N.Muslimov kirish sо‘zi bilan ochib berdi.

Shundan sо‘ng Xalq yozuvchisi, Toxir Malikga sо‘z navbati berildi. Adib bugungi kunda yosh avlodni kitob о‘qishga qiziqtirish bunda ta’lim tizimida pedagogik faoliyat olib borayotgan professor-о‘qituvchilarning roli katta ekanligi ta’kidlab о‘tildi.

Uchrashuv davomida tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga О‘zbekiston Respublikasi Xalq yozuvchisi Toxir Malik batafsil javob berdi. Davra suhbati mazmunli о‘tdi. Tinglovchilar uchrashuv tashkillashtirilganlidan mamnun bо‘lishdi.