Talabalar bilimini nazorat qilish hamda baholash masalalari

Nukus DPI dan(semestr davomida) talaba almashinuvi bo‘yicha safarbar qilingan talabalar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

2019-yil 9-aprel sanasida o‘quv ishlari prorektori huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi PQ-3726 son qaroriga muvofiq xizmatini o‘tayotgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun berilgan tavsiyanoma bilan davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan hamda Nukus DPI dan(semestr davomida) talaba almashinuvi bo‘yicha safarbar qilingan talabalar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bunda talabalarning bilim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va ularda majud muammolarni samarali hal etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish asosiy masala sifatida ko‘rildi. Yig‘ilishda universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori D.Ergashev, o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i R.Yuldashevlar talabalarda mavjud muammolar, taklif hamda mulohazalarni o‘rganib kerakli ko‘rsatmalarni berishdi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika univesitetida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishi bo‘yicha fikr-mulohazalarini o‘rganishdi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.