Yakkasaroy tumanida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

TDPU professor-o‘qituvchilari tuman Xalq ta’limi bo‘limi bilan hamkorlikda “Ochiq eshiklar kuni”ni o‘tkazishdi.

2019-yil 12-aprel kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan 89-umumiy o‘rta talim maktabidapedagogik layoqatga ega bolgan tumanning barcha bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun  Nizomiy nomidagi TDPU professor-o‘qituvchilari tomonidan universitet faoliyati haqida videorolik namoyish etilib,  barcha ta’lim yo’nalishlari to’g’risida taqdimotlar amalga oshirildi.

 

Tadbir davomida Nizomiy nomidagi TDPU professor-o‘qituvchilari tomonidan xozirgi kunda Xalq ta’limi va Oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan chuqur islohotlar haqida ham alohida ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.