Psixologik adabiyotlar taqdimoti bo’lib o’tdi

2019-yil 12-aprel kuni 9-sonli TTJda Psixologik adabiyotlar taqdimoti bo’lib o’tdi.

“Umumiy psixologiya” kafedrasi ish rejasiga muvofiq talaba-yoshlar dunyoqarashini kengaytirish, ularda vatanparvarlik hissini kuchaytirish hamda badiiy adabiyotga qiziqishni oshirish maqsadida 2019-yil 12-aprel kuni TTJ(Talabalar turar joyi)da kitobxonlik tadbiri va psixologik adabiyotlar taqdimotini o‘tkazish maqsadida 9-sonli TTJda Xozirgi zamon psixologiyasining dolzarb muammolariga bag’ishlangan “Shaxs irodaviy sifatlarini shakllanish xususiyatlari’’, “Shaxs kasb tanlashi va kasbga yo‘naltirishning psixologik mezonlari” kitoblari taqdimoti o‘tkazildi. Tadbir so’ngida ushbu kitoblar TTJ kutubxonasiga taqdim etildi.

Shuningdek, kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan talabalar bilan “Xozirgi zamon psixologiyasinig dolzarb muammolari” mavzusida davra suhbati va “Salomlashish", “Xushomad”, “Men kimman?”, “Tug‘ilgan kun uchun ko‘rinmas sovg‘a” nomli psixologik treninglari o‘tkazildi.