Talabalar Samarqanddagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi

Talabalar 2019-yil 7-aprel kuni Samarqandga tashrif uyushtirishdi.

Guruhda psixologik iqlimni va shaxslararo munosabatlarni yaxshilashga yordam berish va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Ustoz-shogird” tizimi ish rejasiga asosan “Umumiy psixologiya” kafedrasi ustozlari G.Z.Ziyavitdinova, G.Yu.Baykunusova va I.G‘.Raximovalar 302-Defektologiya, 104-Logopediya hamda 104-Oligofrenopedagogika yo‘nalishlari talabalari bilan 2019-yil 7-aprel kuni Samarqandga tashrif uyushtirishdi.

Tashrif davomida talabalar Samarqanddagi muqaddas qadamjolar, shuningdek, tarixiy obidalarimiz bilan va ularning tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Ulardan “Imom Al-Buxoriy” ziyoratgohi, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov qabrlari, “Registon” ansambli, “Go‘ri Amir” maqbarasi, va “Bibixonim ziyoratgohi”, “Shohi-zinda” maqbaralarini ziyorat qilishdi. Ushbu uyushtirilgan sayohat talabalarga ma’naviy ozuqa hamda milliy an’ana va tariximizga bo‘lgan hurmat va o‘zligini anglashni ta’minlaydi.