“Universiada-2019”

“Universiada-2019”ning ilk medallar shodasi egalariga topshirildi.

13-aprel kuni “Universiada-2019” sport musobaqalarining Toshkent shahar bosqichiga start berildi. Shu kuni sportning Yengil atletika turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladi.

Yengil atletikaning yugurish, yadro itqitish, balandlikka sakrash, estafeta yugurish, uzunlikka sakrash, balandlikka sakrash kabi turlarida universitet jamoasi umumiy hisobda 13ta oltin, 5ta kumush va 5ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Shu munosabat bilan bugun, 15-aprel kuni Toshkent davlat pedagogika universitetida “Universiada-2019” sport musobaqalarining ilk g‘oliblarini tabriklashga bag‘ishlangan marosim tashkil etildi. Tadbirda universitet rektori Sh.S.Sharipov so‘zga chiqib, sportchi talabalarni g‘alaba bilan qutladi hamda ularga musobaqalarning respublika bosqichida omad yor bo‘lishini tiladi. Shuningdek, g‘oliblarning universitet tomonidan moddiy rag‘batlantirilishi haqida ma’lum qildi.