Tasviriy va amaliy san’at festivalining birinchi kun ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

2019-yil 22-aprel kuni Tasviriy va amaliy san’at festivalining birinchi kun ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Festivalni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov o‘z tabrik so‘zlari bilan ochib berdi. Festivalda Rassomlik va dizayn kollejlari, Badiiy akademiya tizimidagi ta’lim maskanlari o‘qituvchilari va ularning shogirdlari ijodi bilan tanishish mumkin. Festival tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda ham bo‘lib o‘tadi Festival 22 apreldan 27 aprelgacha davom etadi. Festivalda Kasb ta’limi fakulteti talabalavri ham o‘z ijodiy ishlari bilan faol ishtirok etishmoqda. Festivalga universitetimizning barcha professor-o‘qituvchilarni, talabalar taklif etiladi.