“Abadiy do‘stlik” mavzusida xalqaro madaniy-ma’rifiy dastur

2019-yil 21-25 aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasining Ismailliy rayonida “Abadiy do‘stlik” mavzusida xalqaro madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati va Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining ish rejasiga binoan 2019-yil 21-25 aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasining Ismailliy rayonida “Abadiy do‘stlik” mavzusida xalqaro madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda jamiyat ijrochi direktori, t.f.d., professor E.Z. Nuriddinov, a’zolardan F.U.Bekov, N.Sh.Shermuhamedova, S.G.Tursunbayeva, D.K.Qodirov va B.M.Abduvaliyevlar ishtirok etdilar.

Ismailliy rayoni hokimi Mirdamed Mirsaid o‘gli Sadikov huzurida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv va seminar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasida 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi asosida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, erishilgan yutuqlar va istiqbol rejalari xaqida jamiyat ijrochi direktori, professor E.Z.Nuriddinov, a’zolardan F.U.Bekov, professor N.Sh.Shermuhamedova va professor S.G.Tursunbayevalar o‘z ma’ruzalarida bayon qildilar.

Tashrif doirasida Ismailliy rayoni markazida “Ozarbayjon-O‘zbekiston do‘stlik bog‘i”ning ochilish marosimi bo‘ldi.

Shunindek, jamiyat a’zolari Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti D.Q.Qodirov hamda Musiqiy ta’lim yo‘nalishi talabasi B.Abduvalievlar Ismailliy shahar madaniyat saroyida o‘tkazilgan “VII Xalqaro Mug‘om (maqom) televizion festivali”da O‘zbekiston nomidan ishtirok etdilar.

Ozarbayjon Respublikasi Ismailliy  rayonida “Abadiy do‘stlik” nomli tadbirni samarali o‘tkazilishida faol ishtirok etgan “O‘zbekiston–Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati delegatsiyasi a’zolariga Ozarbayjon Respublikasi Ismailliy  rayoni tomonidan diplomlar taqdim etildi.

“O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyatining “Abadiy do‘stlik” deb nomlangan xalqaro tadbir doirasidagi xizmat safari 2019-yil 25-aprelda o‘z nihoyasiga yetdi.