“May-sport oyligi”

Tabiiy fanlar fakulteti talabalari o‘rtasida 2019-yil 13-aprel kuni mini futbol bo‘yicha sport musobaqasi uyushtirildi.

Musobaqada biologiya, kimyo va geografiya o‘qitish metodikasi yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar jamoasi tuzildi, jismoniy madaniyat kafedrasi o‘qituvchisi N. Sangirov xakamlik qildi. G‘olib bo‘lgan “Biologiya va kimyo” terma jamoasi endi fakultetning professor-o‘qituvchilar  jamoasi bilan kuch sinashadi.