Kelgusi o‘quv yilidan abiturientlar 5 ta fandan test sinovi topshiradilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratiladi.

Birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan quyidagi uchta fan kiritiladi:

👉 ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);

👉 matematika;

👉 O‘zbekiston tarixi.

Ikkinchi bo‘limga abiturient tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritiladi.