“Kimyo” fanidan umumkasbiy Respublika fan olimpiadasi II-bosqichi bo'lib o'tdi

2019-yil 13-14 may kuni Toshkent shahrida Kimyo fanidan umumkasbiy Respublika fan olimpiadasi II-bosqichi Toshkent Davlat kimyo texnologiyalari institutida bo'lib o'tdi.

Bu olimpiadada Respulikamizning 43 ta universiteti va uning filiallari, shu jumladan, Nizomiy nomidagi TDPU Tabiiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi Allayorova Zarina Parda qizi ishtirok etdi.

4 ta bosqichda amalga tashkil etilgan ushbu olimpiadada 295 ball bilan Allayorova Zarina Parda qizi faxrli II-o’rinni egalladi. Universitet rahbariyati ushbu g‘olib talabamizni qo‘lga kiritgan faxrli  II-o‘rin bilan chin yurakdan tabriklaydi hamda talabamizning kelgusi ilmiy va pedagogik faoliyati ulkan zafarlar tilaydi.