BDPU Inklyuziv ta’lim institutining direktor o‘rinbosari Volchenkov Vladimir Stepanovich va institutning katta o‘qituvchisi Churilo Natalya Vyacheslavovnalar tashrif buyurdi

2019-yil 20-may kuni Volchenkov Vladimir Stepanovich va institutning katta o‘qituvchisi Churilo Natalya Vyacheslavovnalar tashrif buyurdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetlari o‘rtasida imzolangan qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha Hamkorlik qilish Memorandumiga muvofiq 2019-yil 20-may kunidan boshlab «Innovatsion pedagogika» qo‘shma fakulteti «Defektologiya: logopediya» ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazish maqsadida universitetimizga Belarus davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari, jumladan Inklyuziv ta’lim institutining direktor o‘rinbosari Volchenkov Vladimir Stepanovich va institutning katta o‘qituvchisi Churilo Natalya Vyacheslavovnalar tashrif buyurdi.

Hozirgi kunlarda ular tomonidan o‘quv mashg‘ulotlar, turkum seminar-treninglar o‘tkazilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlar yakuni bo‘yicha talabalar uchun imtixonlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.