OTMga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlarida bir qator imtiyozlar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi (keyingi o‘rinlarda Davlat test markazi deb ataladi), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi Vazirligining taklifiga muvofiq 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlarida bir qator imtiyozlar belgilandi.

Test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tillari) (keyingi o‘rinlarda chet tili deb ataladi) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat (keyingi o‘rinlarda milliy sertifikat deb ataladi) yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abiturientlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

Test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili birinchi (asosiy) bo‘lmagan fan sifatida kiritilgan boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abiturientlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 4,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42), Cambridge Assessment English PET xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 3) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;