Toshkent shahrida D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining filali tashkil etildi

O‘zR Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PQ-4352-son qarori bilan Toshkentda "D.I. Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasining filali tashkil etildi.

Filial faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va boshqalar belgilandi.

 

Filialda o‘quv jarayoni 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.

 

Filialda quyidagi ta’lim yo‘nalish va mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlanadi:

 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari

 

👉 Materialshunoslik, nanomateriallar va nanotizimlar texnologiyalari;

👉 Materiallarga badiiy ishlov berish texnologiyasi;

👉 Sinetetik biologik faol moddalar, kimyo-farmasevtika preparatlari va pardoz vositalari texnologiyasi;

👉 Texnologik jarayon va ishlab chiqarish xavfsizligi.

 

Magistratura mutaxassisliklari

 

👉 Materialshunoslik va materiallarni korroziyadan saqlash;

👉 Nanomateriallar kimyoviy texnologiyasi.

 

Filialga qabul kvotalari manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olib, Universitet hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

 

Davlat granti asosida ta’lim olgan Filial bitiruvchilari respublika tashkilotlariga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi.

 

Filial bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.