5 muhim tashabbusi ijrosi: Musiqiy ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari Bo‘ka tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida san’at to‘garaklarini yo‘lga qo‘yishdi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Bo‘ka tuman hokimiligi o‘rtasida 2019-yil 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi ijrosi yuzasidan "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda Bo‘ka tuman hokimiligi o‘rtasida 2019-yil 8-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta tashabbusi ijrosi yuzasidan Yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Mazkur xaritaga asosan Bo‘ka tumanidagi 19-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi hamda tumandagi 44 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, tumandagi ta’lim muassasalarida musiqa san’at turlari hamda tasviriy san’at to‘garaklari tashkil etildi.

Universitetning Musiqiy ta’lim kafedrasi professor-o‘qituvchilari Q.Panjiyev, U.Yuldoshev, I.Matyoqubov, O.Soipov, G.Ibroximjonova, D.Salimova va talabalar 2019-yil 23-29 may kunlari tumanidagi 19-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi hamda  1-, 2-, 4-, 8-, 28-, 9-, 39-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, ushbu maktablarda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish, mutaxassis kadrlar salohiyati, ularni o‘quv-uslubiy qo‘llanma va o‘quv adabiyotlar bilan ta’minlash borasida bir qator samarali ishlarni amalga oshirdi.

Jumladan, 2019-yil 23-may kuni Bo`ka tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Baxtiyor Nurmatov rahbarligida 28 nafar o‘quvchilari bilan uchrashib,  o‘zbek, rus va chet el mutaxassislari tomonidan nashr etilgan 80 ta o‘quv va musiqa san’atiga oid kitoblarni elektron shaklini taqdim etdi. “Musiqiy ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan musiqiy to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.

         Ayni paytda musiqa san’at turlari bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida to‘garaklarni tashkil etish bo‘yicha metodik qo‘llanma yaratilmoqda.