“O’zbekiston oliy ta`lim tizimida kadrlar resurslarini boshqarish va rivojlantirish” mavzusidagi Respublika seminari bo`lib o`tdi

2014 yilning 22 yanvar kuni universitet anjumanlar zalida “O’zbekiston oliy ta`lim tizimida kadrlar resurslarini boshqarish va rivojlantirish” mavzusidagi Respublika seminari bo`lib o`tdi.

Tafsilot

Qisqacha

2014 yilning 22 yanvar kuni universitet anjumanlar zalida “O’zbekiston oliy ta`lim tizimida kadrlar resurslarini boshqarish va rivojlantirish” mavzusidagi Respublika seminari bo`lib o`tdi.

Batafsil

2014 yilning 22 yanvar kuni universitet anjumanlar zalida “O’zbekiston oliy ta`lim tizimida kadrlar resurslarini boshqarish va rivojlantirish” mavzusidagi Respublika seminari bo`lib o`tdi. Seminardan quyidagilar maqsad qilingan: • Toshkentda bo’lib o’tgan hududiy seminar jarayonida (8-9 oktyabr 2012 yil) O’zbekistonning oliy ta`lim sohasidagi kadrlar resurslarini boshqarish va rivojlantirish masalalari bo’yicha ishlab chiqilgan xulosa va takliflarni muhokama qilish; • O’zbekistonda oliy ta`lim sohasidagi kadrlar resurslarini boshqarish va rivojlantirish masalalarini muhokama qilish; • Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida mazkur sohadagi so’nggi yangiliklar bilan tanishish; • oliy ta`lim tizimida kadrlarni boshqarish bo’yicha istiqbol vazifalarni muhokama qilish; • respublika OTMlarida kadarlarni boshqarishni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Seminaryo’nalishlari: • Oliyta`limtizimi pedagog va rahbar kadrlari malakasini oshirishning dolzarb masalalari. • Professor-o’qituvchilarning kreativlik va kasbiy kompetentligini shakllantirish istiqbollari. • Oliy ta`lim tizimida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish. • Pedagog va rahbar kadrlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va xorijiytillarni o’zlashtirishiga zamonaviy yondoshuvlar. • Oliy ta`lim muassasalari zahira kadrlari bilan ishlashni tashkillashtirish yo’nalishlari. Tashkilotchilar: O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi (OO’MTV), Tempus Milliy ofisi (TMO), Bosh ilmiy-metodik markaz (BIMM), “Iste`dod” jamg’armasi hamda TDPU. Seminarda yevropa ekspertlariVelta Lubkina (Latviya), Ute Nitschke (Germaniya) shuningdek, Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirining birinchi o’rinbosari Farhod Rizayev, Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi delegatsiyasi boshlig’i, elchi janoblari Yuriy Shterk tabrik so’zi bilan ishtirok etadi. Ishtirokchilar va tadbir o’tkaziladigan manzil: Ishtirokchilar: Respublika oliy ta`lim muassasalari, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish 5 ta mintaqaviy va 10 ta tarmoq markazi, Yevropa Ittifoqiga a`zo-davlatlar elchixonalari, xalqaro tashkilotlar hamda oliy ta`lim sohasida faoliyat yuritayotgan vazirliklar, tashkilot va korxonalar vakillari. “Tempus dasturining hamkor mamlakatlaridagi davlat oliy ta`limida kadr resurslarini boshqarish” tadqiqoti 2011 yilda mustaqil ekspertlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari Tempusning 4 ta hududiy seminarlarida: Sarayevoda, Toshkentda, Kishinevda va Nikosiyada muhokama qilingan. Muhokama jarayonida oliy ta`lim tizimi vakillari tomonidan ilg’or tajribalar bilan tanishish, umumiy qiziqish uyg’otadigan muammo va vazifalarni muhokama qilish imkoniyati berildi. O’tkazilgan seminarlarning natijalari bo’yicha yakuniy muhokamada o’z aksini topgan xulosa va takliflar 2014 yil 23 yanvarda bo’ladigan respublika seminarida muhokama uchun asos bo’lib xizmat qiladi.Tadqiqot, seminar materiallari va yakuniy xulosa bilan TMO saytida tanishishingiz mumkin. 22 yanvar 2014 yil video-konferentsiyasi Tashrif doirasidaBIMM tashabbusi bilan2014 yil 22 yanvarda o’tkazilayotgan respublika seminarida ishtirok etish maqsadida taklif etilgan ikkita Yevropalik ekspert bilan respublika OTM lari uchun video-konferentsiya tashkil etiladi. Videokonferentsiyada Rezenkedagi doktorlik programmalari inchstituti direktori Velta Lyubkinaxonim(Latviya), Germaniya amaliy menejment universitetidan Ute Nittske xonim o’z mamlakatlaridagi oliy ta`lim tizimida kadr risurslarini boshqarish tajribasi bo’yicha taqdimotlari bilan ishtirok etadilar. Tempus dasturining oliy ta`lim muassasalari kadrlar risurslarini rivojlantirishdagi hissasi O’zbekistonda Tempus dasturi keng qamrovli dastur hisoblanib, Yevropa ittifoqi va respublikamiz oliy ta`lim muassasalari o’rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni, shuningdek, 20 yillik faoliyat orqali dasturning tizimli hissasini va respublikaning barcha hudularidagi 60 dan ortiq OTM larining ishtirokini ta`minlaydi. 1994 yildan boshlab dasturning umumiy byudjeti (87 ta loyiha) 33 million Yevrodan ko’proqni tashkil etadi. 2007 yildan boshlab, dasturning to’rtinchi bosqichi doirasida O’zbekiston uchun 30 ta loyiha 48 ta OTM lar ishtirokida 16,6 mln. Yevrolik byudjetni moliyalashtirdi (Toshkent shahridan 18 ta OTM va respublikaning boshqa viloyatlaridan 29 ta OTM). Mazkur OTM lar Yevropa Ittifoqining 17 ta a`zo-mamlakatlarining 70 ta universitetlari bilan hamkorlik qilishmoqda. Tempus loyihalari professor-o’qituvchilar va ma`muriyatdan olingan loyiha ishtirokchilarining malakasini oshirish orqali, oliy ta`limning rivojiga bag’ishlangan dolzarb mavzular bo’yicha seminarlar tashkil etish, yangi o’quv materiallar va darsliklar chop etish, OTM larning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, intensiv til kurslari orqali, innnovatsion faoliyatning ishlab chiqarish bilan aloqalarini mustahkamlash orqali OTMlardagi kadrlar salohiyatini oshirishga sezilarli hissa qo’shdi. Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining bevosita ishtiroki loyiha vazifalarining davlat ta`lim siyosatiga mosligini ta`minlaydi. Masalan, OO’MTV respublikamizning barcha viloyatlaridagi 48 ta OTM lar ishtirokida Tempusning 30 ta loyihasidan 16 tasini hayotga tadbiq etishga o’z hissasini qo’shdi.