Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari muayyan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 20-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlarning sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish haqidagi arizalari muayyan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 20-iyulgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

- ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;

- umumiy o‘rta ta’limni (11-sinf negizida) tugatganligi haqidagi hujjat yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat va uning ilovasi asl nusxalari;

- pasportning nusxasi;

3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 6 dona rangli fotosurat;

- mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma;

- abiturientning ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasidan belgilangan shakldagi tavsiyanoma;

- tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientning  ishlab turgan joyi bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idora yoki yirik xo‘jalik birlashmasi tomonidan talabaning butun o‘qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to‘lov-shartnoma mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lab berish bo‘yicha kafolat xati.

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlar tomonidan pasport qabul komissiyasiga shaxsan ko‘rsatiladi.

 Tavsiyanomaga ega bo‘lgan abiturientlar bilan suhbatlar

10-avgustdan 20-avgustga qadar o‘tkaziladi.